Загрузка...
ВАЖНЫЕ ДОКУМЕНТЫ
НОВОСТИ

Mirzohid Farmonov musobaqaning bronza medaliga sazovor boldi.

30.01.2018  10:59

Tunisda davom etayotgan dzyudo boyicha Gran-pri musobaqasining ikkinchi kun bellashuvlari oz yakuniga yetdi. Quvonarlisi, ushbu kun ham terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. -73 kg. vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz Mirzohid Farmonov musobaqaning bronza medaliga sazovor boldi. Polvonimiz musobaqani Monako vakili Sedrik Bessi ustidan qozonilgan g'alaba bilan boshladi. Shundan song rossiyalik Salan Ondar va shveytsariyalik Nils Shtampni ajoyib usullari bilan musobaqadan chiqarib yubordi. Farmonov kosovalik Akil Gyakovaga qarshi kechgan yarim final bahsida imkonyatni boy berib qoygan bo'lsa ham ozini bronza medali uchun kechadigan bahsga puxta tayyorlay oldi. Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda fransiyalik Benjamin Axusga hech qanday imkoniyat qoldirmagan Mirzohid yakunda oz galabasini tantana qildi.

Предстоящие турниры