Назад
Davlatobodliklarga Navro‘z arafasida bolalar-o‘smirlar sport maktabi tuhfa qilindi
Barcha hududlarda bo‘lgani kabi Namanganda ham so‘ngi yillarda sport sohasida ko‘plab islohotlar olib borilmoqda. Buning natijasida esa respublika, jahon va Osiyo chempionlari yetishib chiqayotgani ayni haqiqat. Bunday chempionlarni yetishib chiqishida esa ularga yaratib berilayotgan sharoitlar alohida ahamiyat kasb etmay qolmaydi. Shu o‘rinda yangidan qurib foydalanishga topshirilayotgan sport majmualarini taʼkidlash lozim.
Shunday sport taʼlim muassasalaridan biri Davlatobod tumanida 1-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi foydalanishga topshirildi.
Tantanali marosimda sektor rahbarlari, nuroniylar, sportchi yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Ramziy lenta kesilib, ishtirokchilar yangi sport inshooti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Maʼlumot uchun, mazkur sport maktabida 3 ta tennis korti, 120 o‘rinli katta zal mavjud.
23.03.2021
14:41
623