Назад
                    
                    
                    
                        Dzyudochilarimiz litsenziyalar soni boʻyicha rekordni yangilashdi
                    
                    
                        
🇫🇷Parij-2024 Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan terma jamoamiz tarkibi tasdiqlandi.
Oʻzbekiston dzyudosi tarixida rekord darajadagi ishtirokchi bilan Olimpiya oʻyinlarida qatnashamiz. Erkaklar toʻliq (7 dzyudochi) tarkibda, ayollar esa 4 ta vaznda Parijga borishadi. Shuningdek, dzyudochilarimiz jamoaviy miks bahslarida ham qatnashishadi. 
Shu tariqa, Parij-2024 Olimpiadasi uchun qoʻlga kiritilgan litsenziyalarimiz 12 tani tashkil qildi. 
🇺🇿🥋Parij-2024 Olimpiadasiga boradigan tarkib:
-60 kg: Doston Roʻziyev 
-66 kg: Sardor Nurillayev
-73 kg: Murodjon Yoʻldoshev  
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muzaffarbek Toʻraboyev
+100 kg: Alisher Yusupov
🥋Ayollar
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova 
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
🤲Biz SIZga ishonamiz. Yuzingiz yorug`, qo`lingiz baland bo`lsin. Alloh O`zi qo`llasin!!!
✍️Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
                    
                    
                        24.06.2024
                        12:12
                        1227