Orqaga
Davlat Bobonovni tabriklaymiz!
Bugun dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, O‘zbekistonning 2020 yildagi eng yaxshi sportchisi, Tokio Olimpiadasi hamda Jahon chempionati sovrindori, Osiyo va jahon chempioni, O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sportchi Davlat Bobonov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Davlat Bobonov 1997 yil 7 iyun kuni Navoiy viloyati Nurota tumanida dunyoga kelgan. Samarqand viloyat ixtisoslashtirilgan sport internatida o‘qigan. Samarqand davlat universitetida tahsil olgan. Murabbiyi - Nurali Qobilov.
Yosh bo‘lishiga qaramay, hozirgacha aytishga arzigulik yutuqlarga erishgan. O’tgan yili Toshkentdagi tarixiy jahon chempionati g’olibiga aylandi. Shu yil Toshkent “Katta Dubulg’a” turnirida ham zafar quchdi.
Fursatdan foydalanib, Davlat Bobonovni bugungi unutilmas kun bilan O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati, murabbiylar hamda sportchilar nomidan muborakbod etamiz!
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
07.06.2023
14:57
2523